AsosiyDunyo

Teleboshlovchi bir xil rangli libos kiygan hamkasbi bilan urishdi

Avstraliyalik teleboshlovchi Ember Sherlok (Amber Sherlock) efir boshlanishidan oldin hamkasbi Juli Snuk (Julie Snook) bilan libosining rangi bir xilligi tufayli urishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Sherlok va Juli turli studiyalarda ko`rsatuvga taklif etilgan psixolog bilan suhbat olib borishlari lozim edi. Efir boshlanishidan sal ilgari har uch ayol ham bir xil, oq rangli libos kiygani aniqlandi. Bu Sherlokning darg`azab bo`lishiga sabab bo`ldi, u bir necha daqiqa davomida Snukni pidjak kiyishga majbur qildi.

Efir oldidan mazkur janjalni kamera suratga oldi. G`azablangan teleboshlovchi ikki soat ilgari Snukdan boshqa kiyim topishni talab qilganligini eslatdi, Snuk esa bu gap esidan chiqqanligini aytib, o`zini oqladi.

Oqibatda ikkinchi teleboshlovchi pidjak kiyishga ko`ndi, ko`rsatuv boshlangandan ularning yuziga tabassum yugurgan holda bir-biri bilan do`stona salomlashdi.

Sherlok jurnalistlar bilan bo`lgan suhbatda, aslida u Snuk bilan do`stona munosabatda ekanligini, ba`zan ish jarayonida turli asabbuzarliklar ro`y berishini tushuntirdi.

    Boshqa yangiliklar