AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev BAA prezidentiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonga Afg`onistonning Qandahor shahrida BAA gumanitar missiyasi vakillarining nobud bo`lgani munosabati bilan ta`ziya izhor etilgan maktub yo`lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda

Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik hamda dalda so`zlarini etkazishni so`radi.

10 yanvar kuni Afg`onistonning Qandahor shahridagi mehmonxonada yuz bergan portlash oqibatida 11 kishi halok bo`ldi. Halok bo`lganlar orasida 5 nafar BAAlik diplomat bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar