AsosiyDunyo

Anjelina Joli va Bred Pitt yarashdi

So`nggi paytlarda Andjelina Joli va Bred Pittning ajrashayotganidan tahlikaga tushgan muxlislari, yaqinlari va do`stlari kutilmagan yangilikdan xursand bo`ldilar, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri. 

Ma`lumotlarga ko`ra, ajrashayotgan yulduzlar kutilmaganda yagona bitimga kelishdi. Yaqin kunlarda “jang”ga kirishgan Anjelina va Bredning murosaga kelishi hamma uchun kutilmagan syurpriz bo`ldi. 

Joli huquqshunoslardan tashkil topgan o`z guruhi bilan turmush o`rtog`ini omma oldida beobro` qilishga kirishgan bo`lsa, Pitt esa uni bolalarni o`ziga qarshi qo`yishda, ularga ma`naviy zarar etkazishda ayblagan edi.

Endi esa Pitt va Joli farzandlarining manfaati yo`lida “yagona frontda jang”qilishga bitim tuzganliklari haqida ma`lum qilishdi. Shu maqsadda ular ajrashishlariga oid bo`lgan yangilik va ma`lumotlarni ommadan yashirishga kelishishdi. Tasodifan birorta ma`lumotga ega bo`lmasa, matbuot ham ularning ajrimi qanday yakun topganidan bexabar qoladigan bo`ldi.

Ajrashishlari bundan 4 oy ilgari e`lon qilingan Anjelina va Bredning nega aynan hozirga kelib, bunday qarorga kelgani jumboqligicha qolmoqda.

Boshqa yangiliklar