AsosiyDunyo

Jurnalist ayol suriyalik muhojirni tepgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi (Video)

2015 yilda Serbiya chegarasida qo`lida bola ko`tarib yugurib ketayotgan suriyalik muhojirni oyog`idan chalib yiqitgan vengriyalik jurnalist ayol, shartli ravishda uch yilga jazolandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

N1 telekanalining xodimi bo`lgan Petra Laslo polisiyadan qochib ketayotgan, qo`lida bola ko`tarib olgan suriyalik muhojirni oyog`idan chalib yiqitgani aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgandan keyin keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo`ldi.

Laslo ishdan bo`shatildi va o`tgan yilning sentyabr oyida prokuratura tomondan unga nisbatan bezorilik aybi e`lon qilinib, jinoiy ish qo`zg`atilgan edi. Prokuratura bergan ma`lumotga ko`ra, Laslo erkakning iyagiga, qo`lidagi bolaning tizzasiga tepgan.

Jinoiy ishni ko`rib chiqqan Seged shahar sudining sudyasi sudlanuvchining harakatini jamoat tartibini buzish, odamlarning qahr-g`azabiga sabab bo`luvchi fitna, deb ataldi. Advokatlarning jurnalist ayol o`zini himoya qilgan, degan arzini sudya qabul qilmadi.

Jurnalist tepgan suriyalik muhojir keyinchalik Ispaniyaning futbol maktablaridan biriga ishga joylashgan.

 

    Boshqa yangiliklar