AsosiyShou-biznes

“Dadam betob” badiiy filmi OAV vakillari uchun premera qilindi

Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “Dadam betob” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun namoyishi bo`lib o`tdi.

Film “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan.

Filmda o`zbek xalqining oilaparvar, yurtparvar ekani, oilani muqaddas bilishi, milliy an`analarga sodiqligi tarannum etilgan, deb yozadi O`zA. Hayotiy va ta`sirchan lavhalarda ozod va obod Vatanimizni, mustaqilligimizni, tinchlik va osoyishtalikni ko`ra olmagan yovuz kuchlar qoralanadi. Kinoasar voqealari musaffo osmonimizni, baxtiyor, to`kin va farovon hayotimizni qadrlashga, ularni ko`z qorachig`idek asrab-avaylashda mas`uliyatni astoydil his etishga chorlaydi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Zulfiqor Musoqov. Postanovkachi operator – Aziz Arziqulov. Postanovkachi rassom – Mariya Sashina. Asosiy rollarni Feruza Saidova, Yulduz Rajabova, Farhod Abdullaev, Bahriddin Abdullaev, Xayrulla Sa`diev kabi aktyorlar ijro etgan.

 

    Boshqa yangiliklar