Italiya Kubogida navbatdagi chorak final ishtirokchisi aniqlandi. “Milan” o`z maydonida kechgan o`yinda “Torino”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo`l oldi.
Uchrashuvda hisob “Torino” futbolchilari tomonidan ochildi. 27-daqiqada Belotti hisobni ochdi. 61-daqiqada Kuska hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. 2 daqiqa o`tar-o`tmas Bonaventura milanliklarga g`alaba va chorak final chiptasini taqdim qilgan gol muallifi bo`ldi.
“Milan” – “Torino” 2:1
Gollar: 0:1 – 27 Belotti, 1:1 – 61 Kuska, 2:1 – 63 Bonaventura.
“Milan” – Donnarumma, Gomes, De Shilo, Abate (Kalabriya, 79), Paletta, Bertolachchi, Sosa (Lokatelli, 88), Bonaventura, Kuska (Pashalich, 79), Suso, Lapadula.
“Torino” – Xart, Rossettini, Barreka, de Silvestri, Moretti, Bazelli (Lopes, 71), Valdifori (Obi, 81), Iturbe (Boye, 64), Benassi, Lyayich, Belotti.
Ogohlantirishlar: Lapadula (48), Barreka (57), Abate (78).
Chetlatish: Barreka (87).





