AsosiyJamiyat

Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan ichimliklar Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasi qarshisida to`kilib ketdi

Toshkentning Shota Rustaveli va Mirobod ko`chalari kesishmasidagi aylanada Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan mahsulotlar to`kilib ketdi. Bu haqda Telegram’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda

Hodisa natijasida aylana atrofida kichik tirbandlik yuzaga kelgan. Suratda yo`lga to`kilgan shisha idishlar chil-chil singani, uning qoldiqlari yo`lning ma`lum bir qismini egallab olganini ko`rish mumkin.

Hodisa qanday yuz bergani, uning boshqa ishtirokchilari va jabrlanuvchilar haqida aniq ma`lumotlar yo`q.

Boshqa yangiliklar