AsosiyJamiyat

“O`zarxiv” rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Raqamlarga e`tibor qaratadigan bo`lsak, 2016 yil davomida Agentlik markaziy apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan 484 murojaat kelib tushgan. Shundan 137 tasi pm.gov.uz virtual qabulxonasi va 203 tasi my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilingan. 

Arxiv muassasalari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini, o`quv muassasalarida ta`lim olganlikni tasdiqlash hamda mukofotlanganlik to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomalarini berish bo`yicha 209 ming 500 ga yaqin so`rov qabul qilinib, ijrosi ta`minlangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`zarxiv” agentligining rasmiy veb-sayti modernizasiya qilinib, unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun agentlik rahbariyatining virtual qabulxonasi ochildi.

Foydalanuvchilarhttp://archive.uz/site/virtual-reception manziliga kirib, maxsus shaklni to`ldirish orqali “O`zarxiv” agentligi bosh direktoriga o`z arizalari, shikoyatlari va takliflarini taqdim etishi mumkin. Buning uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Agentlikning (0 371) 230-50-44 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar