1. «Salom, Qorbobojon! Menimcha, o`tgan yili «Sobalt» so`zini noto`g`ri yozgan ekanman, shekilli…»
2. 1 yanvar tongi. Dorixonaga kelgan bolakaydan dorixonachi ayol so`rayapti:
— Sen ham dorilar ro`yxati bilan keldingmi?
— Ha, — shoshib javob berdi bolakay.
— Tushunarli, qog`ozchani ko`rsatmasang ham bo`ladi: bosh og`rig`ini qoldiruvchi dori va faollashtirilgan ko`mir.
3. — Dada toping-chi, qaysi poezd kech qolayapti?
— Qaysi biri bolam?
— Siz o`tgan Yangi yilda menga sovg`a qilmoqchi bo`lgan poezd-da, dada!
4. 31 dekabr, kechqurun.
— Oyijon, 11:30 da «Yangi yil! Yangi yil!» deb baqiraylik.
— Nima uchun, qizalog`im?
— Qo`shnilarimiz Yangi yil biznikiga oldinroq keldi, deb o`ylashsin.
5. 1 yanvar tongi. Mehmonga yo`l olgan uy bekasining uxlayotgan turmush o`rtog`iga xati: «Yangi yilingiz bilan! Ovqatlar muzlatkichda. Muzlatkich esa oshxonada».
6. «Yangi yil! Yangi yil! Yangi yil!» vahimada baqirdi jigar.
7. 31 dekabr. Optimist «Yangi yil eski yildan-da yaxshi bo`ladi!» Pessimist: «Yangi yil eski yildan-da yomonroq bo`ladi». Realist: «Obbo, yana to`yib ovqat eb qo`yaman…»
8. Dugonalar suhbati:
— Yangi yilga erjoning nima sovg`a qildi?
— Pastda turgan qizil avtoulovni ko`rayapsanmi?
— Ha! Zo`r avtoulov ekan!!!
— Xuddi shu randagi sharf sovg`a qildi.





