AsosiySUG'DIYONA

Per Dyukandan Yangi yil kuni vazn to`plamaslik sirlari

1.     Dasturxoningizda, albatta  baliqli gazak va taomlar bo`lsin. Kurka go`shtidan ham foydalansangiz bo`ladi.

2.     Bayram taomnomasidan kartoshkali taomlar va mayonezli salatlarni butunlay chiqarib tashlang. Kartoshka — sabzavotlar orasida kaloriyaga eng boyi ekanini unutmang.

3.     Iloji boricha, non emang, agar buning iloji bo`lmasa, o`zingiz uy sharoitida suli yormasi unidan kulchalar yopishingiz mumkin.

4.     Ishtaha ochuvchi krekerlar, tuzlangan eryong`oq, chipslardan nafaqat Yangi yil arafasida, balki bayramdan oldin yoki keyin ham kamroq tanovul qiling. Yong`oqlar tarkibidagi yog`lar ortiqcha santimetrlaringizga sabab bo`ladi.

5.     Yangi yil stolidagi taomlarni oddiy, kaloriyasiz va foydali mahsulotlardan tayyorlang.

6.     Asosiysi, oqsil va sabzavotlar, qolgani esa ta`bingizga qarab.

7.     Bayram shirinliklarsiz o`tmaydi, shu munosabat bilan bir bo`lak shokoladli tort bilan ko`nglingizni xushnud eting.

8.     Shodiyonaning yana bir oltin qoidasi —  o`zingizga yoqqan insonlar bilan taomlaning! Shunda kayfiyatingiz ko`tarilib, ko`zingiz quvnaydi, suhbati arjumandlar bilan keragidan ortiqcha taom eb qo`ymaysiz. Diydor – shirin, hatto eng lazzatli taomdan ham!

Boshqa yangiliklar