AsosiyJamiyat

Rustam Azimov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Rustam Azimov 27 dekabr,seshanba kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda prezident Emomali Rahmon qabulida bo`ldi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari qo`shni davlatga savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya yig`ilishida ishtirok etish uchun borgan edi.

Tomonlar iqtisodiyot, savdo, transport va kommunikasiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralarni himoyalash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish holatlari va istiqbollari yuzasidan fikr almashib, mazkur jabhalarda aloqalarni rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha konstruktiv takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuvda mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, terrorizm, ekstremizm, narkotik vositalarning noqonuniy almashinuvi va boshqa transmintaqaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo`yicha mulohazalar o`rtaga tashlandi.

Emomali Rahmon O`zbekiston hukumati delegasiyasining Tojikistonga tashrifini davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yo`lidagi muhim qadam, deb atadi.

    Boshqa yangiliklar