AsosiySUG'DIYONA

Go`shtli taomlar: mayda, ammo muhim jihatlarni unutmang!

1.    Go`shtni to`g`rashdan oldin yog`och taxtakachni  xo`llab yuboring, chunki quruq yog`och go`sht sharbatini o`ziga shimib olib mazasiga putur etkazadi.

2.    Qovurishdan oldin  go`shtni quruq sochiq ustida quriting. Chunki xo`l go`sht yaxshi qovurilmaydi.

3.    Go`shtni qovurayotganda yog`och kapgirdan foydalaning, aslo sanchqi ishlata ko`rmang. Sanchqidan hosil bo`lgan teshiklar go`sht sharbatining yoqqa ajralib chiqishiga sabab bo`ladi.

4.    Jigar mazali va shirali pishishi uchun yarim soat davomida muzdek sutga bo`ktirib qo`ying.

5.    Har xil turdagi go`shtlarni alohida pishiring, bordi-yu birga pishirsangiz bir-birining ta`mini buzadi.

6.    Yosh hayvon go`shtining rangi yorqin qizil, yog` qatlamlari esa oppoq bo`ladi.

7.    Mol buyragini pishirishdan oldin uni teng  ikkiga bo`ling-da 2-3 soatga sovuq suvga solib qo`ying, shunda yoqimsiz hididan xalos bo`lasiz.  Buyrakni namakob va oz miqdordagi suvda pishiring va u suvni to`kib tashlang. Buyrak pishirilgan suv hech nimaga yaroqsiz bo`ladi.

8.    Go`shtni dudlayotganda uning bir necha joyini maxsus oshxona ignasi bilan teshib qo`ying shunda go`sht ichiga solingan ziravorlar mazasini yaxshilaydi.

9.    Go`shtli taom qisqa vaqt davomida yumshoq bo`lib pishishi uchun avval unga piyoz bilan ta`b bering-da, so`ng ustini qoplaguncha suv quying va baland olovda qozon qopqog`ini yopiq holda pishiring.

Boshqa yangiliklar