Joriy yilning yanvar oyida avtobuslarda chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazildi. Natijada 2026 yil yanvar oyi davomida 11 502 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismi (transportda chiptasiz yurish) asosida jarimalar qo‘llanilgan.
Transport vazirligi ta’kidlashicha, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yo‘lkira tushumlariga bog‘liq. Har bir yo‘lovchining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirishi avtobuslar muntazamligi hamda xizmat sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Avvalroq Toshkent shahrida 2025 yil boshidan sentyabr oyigacha yo‘l haqini to‘lamagan 6 mingdan ortiq shaxs jazolangani haqida xabar berilgandi.






