AsosiyBu qiziq

"Qiyomat kuni soati" tarixdagi eng xavfli nuqtaga yaqinlashdi

Xalqaro ekspertlar ramziy "Qiyomat kuni soati" milini yana oldinga surdi — endi shartli global falokatgacha 85 soniya qoldi.

'"Qiyomat kuni soati" tarixdagi eng xavfli nuqtaga yaqinlashdi'ning rasmi

Bu loyiha ishga tushirilganidan beri qayd etilgan eng yuqori xavf darajasi hisoblanadi.

Bulletin of the Atomic Scientists jurnali va tadqiqot tashkiloti 27 yanvar kuni qabul qilgan qarorga ko‘ra, Yer sayyorasi yadro urushi, iqlim inqirozi va nazoratsiz rivojlanayotgan texnologiyalar sabab har qachongidan ham xavfli bosqichga kirib kelmoqda.

Ekspertlar Rossiya, Xitoy, AQSh va boshqa yirik davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy keskinlik, yadro qurollaridan foydalanish xavfining ortishi, iqlim o‘zgarishini jilovlashdagi sustlik hamda sun’iy intellekt va harbiy texnologiyalar ustidan xalqaro nazoratning yo‘qligini asosiy omillar sifatida qayd etgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, 85 soniya muqarrar halokatni anglatmaydi, balki hukumatlar va jamoatchilik uchun jiddiy ogohlantiruvchi signal hisoblanadi. Ekspertlar fikricha, vaziyatning qay tomonga o‘zgarishi siyosiy qarorlar va xalqaro hamkorlikka bevosita bog‘liq.

    Boshqa yangiliklar