AsosiySUG'DIYONA

Salatingiz mazali chiqishi uchun 11 maslahat

1.    Xom sabzavotlarni plastmassa taxtakachda to`g`rang. Aks holda, yog`ochlisi sabzavot sharbati va hidini o`ziga singdirib oladi. Keyin o`sha o`tkir hid boshqa sabzavotlarga ham urib qolishi mumkin.  

2.    Xom sabzavotli salatlarni avvaldan emas, stolga tortishga bir necha daqiqa qolganida tayyorlang.

3.    Qaynatilgan sabzavotlarni butunlay soviganidan so`nggina to`g`rang. Sovuq maxsulot bilan issiq maxsulotni aralashtirish salat ta`mini buzadi.

4.    Qaynatilgan sabzavotlar yumshab qolmasligi va mazasi taxir bo`lmasligi uchun ular qaynayotgan suvga bir choy qoshiq shakar soling.

5.    Salatga solinadigan kartoshka ezilmasligi va mazali bo`lib pishishi uchun kam suvda qaynating. Yoki zar qog`ozga o`rab, gaz pechida pishirib oling.

6.    Tayyor salatlarni uzoq saqlash uchun shishali yoki emal idishda saqlang.

7.    Salatni faqatgina tarkibiga kiruvchi maxsulotlar bilan bezating. Shunda mazasi o`zgarmaydi.

8.    Har qanday salatni muzlatgichda 12 soatdan ortiq saqlab bo`lmaydi.

9.    Qavat-qavatli salatlar mayonezga to`yinib, mazali bo`lishi uchun qavatini yupqaroq va kamroq qiling.

10.  Sabzavotlarni iloji boricha alohida alohida qaynating, shunda ularning ta`mi va rangi buzilmaydi.

11.    Tayyor sabzavotlarni aslo suvda sovutmang, aks holda ular shilimshiq bo`lib qoladi va po`stidan tozalashga qiynalasiz. Bu mazasiga ham ta`sir qilishi mumkin. 

Boshqa yangiliklar