Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida majburiy tarzda saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar turlarini aniq belgilash, shuningdek, ayrim ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash uchun xavfsizlik, xalqaro standartlarga rioya etish va vakolatli organ talablarini bajarish kabi shartlarni joriy etish belgilangan.
Ushbu o‘zgartirishlar orqali xalqaro to‘lov tizimlarini O‘zbekistonga jalb qilish, sarmoya muhitini yanada yaxshilash, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish hamda fuqarolar va sayyohlar uchun zamonaviy to‘lov imkoniyatlari yaratiladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil noyabr oyida Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari joriy etilishi ma’lum qilingan edi.






