Moskvaning Gorkiy nomli istirohat bog`iga Yangi yil archasi o`rnatildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bu archa boshqa Yangi yil archalariga o`xshab, vertikal emas, balki gorizontal ravishda o`rnatildi. Dizaynerlar o`zlarining bu original g`oyalari bilan istirohat bog`iga ko`proq odam jalb qilishni rejalashtirdi. Hozirda istirohat bog`i ma`muriyati o`zlarining original archasi Rossiya rekordlar kitobiga kiritilishini kutmoqda.











