AsosiyDunyo

Turkiyada Rossiya elchisining o`limi yuzasidan 13 kishi qo`lga olindi

Turkiyada Rossiya elchisining o`limida gumon qilingan 13 kishi qo`lga olindi, deb xabar berdi, “Tvzvezda.ru” nashri.  

Ular oppozision islom targ`ibotchisi, ayni paytda AQSh hududida bo`lgan Fetxulla Gyulenning tashkilotiga aloqadorlikda ham ayblanmoqda.

Mahalliy OAVlarning axborot berishicha, “Tutish” tadbiri Turkiyaning uchta — Anqara, Izmir va Aydin viloyatlarida bo`lib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, 19 dekabr kuni Anqara shahrida o`tkazilayotgan “Rossiya turklar nigohida” nomli ko`rgazmada ishtirok etayotgan Rossiya elchisi Andrey Karlov terrorchi tomonidan otib o`ldirildi. Qurollangan jinoyatchi binoga qo`riqchi qiyofasida kirib, elchiga qarata o`q uzgan.

    Boshqa yangiliklar