"talkSPORT" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis 2024 yil noyabridan buyon jamoani boshqarib kelgan va 2026 yil yanvarida klubni tark etgan.
Uning kelishuvi keyingi mavsum oxirigacha mo'ljallangan edi. Shartnoma shartlariga asosan, Amorimga 10,05 million funt sterling to'lab beriladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Amorim MYdagi faoliyati davomida 7,8 million funt sterling daromad qilgan. Eslatib o'tamiz, klub murabbiyni "Sporting"dan olib kelish uchun 9,6 million funt sterling kompensatsiya to'lagan edi.






