O`zbekiston xalq artistlari, ustoz san`atkorlar Sherali Jo`raev va Yulduz Usmonova uzoq muddat davom etgan tanaffusdan so`ng nihoyat bir sahnada qo`shiq ijro etdi.
Ikki ustoz san`atkorning chiqishlarini “My5” telekanalining “Diydor shirin” ko`rsatuvining bayram sonida tomosha qilishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki san`atkorning birga tushgan suratlari e`lon qilindi. Suratlar Sherali Jo`raev va Yulduz Usmonovani sog`ingan san`at shinavandalariga manzur bo`layotganligini yozib qoldirilayotgan izohlardan bilish mumkin.






