Finlyandiyaning Sipoo shahrida g`aroyib voqea ro`y berdi, deb xabar berdi “Lemurov.net” nashri.
Yarador olmaxonning o`zi mahalliy veterinar klinikalaridan biriga kelib, mutaxassis vrach Samuli Xeyskanenuning elkasiga chiqib oldi. Vrach aqlli olmaxonga yordamga shoshildi. Uning aytishicha, olmaxon vaziyat og`irligini yaxshi tushungani uchun vrachga murojaat qilgan.
Vrach olmaxonga ichish uchun shprisda suv berdi, keyin olma, nok, non bilan mehmon qildi. Shundan keyin olmaxon jonlanib, o`zini yaxshi his qildi.
“Olmaxon mendan minnatdor bo`lib, tabassum qilayotganga o`xshaydi”, – deydi Xeyskanen. Veterinarning fikricha, olmaxonning burnidan qon ketishiga inidan yiqilgani sabab bo`lgan.





