AsosiyShou-biznes

Xonanda Sharof Muqimov avtomobili bilan yuz bergan noxush holat haqida so`zlab berdi(Foto)

Xonanda Sharof Muqimov muxlislaridan ayrim ojiz kimsalarga insof so`rab, duo qilishlarini so`radi. 

Gap shundaki, noma`lum shaxslar xonandaning Captiva rusumli avtomobilining orqa oynasini urib sindirgan. 

“Hurmatli azizlarim, yarim tunda mashinamga tushgan o`g`riga insof so`rab, duo qilib qo`yinglar, zora insof kirsa”,—deb yozadi Sharof Muqimov avtomobili suratini Instagram`dagi sahifasiga joylashtirib.

Sharof Muqimov o`g`rilar avtomobildan nima o`g`irlagani haqida ma`lumot bermagan. 

“Ko`pchilikning duosiga muhtoj ojizlar ham bor. Jinoyat jazosiz qolmas, oxiratda ham”,—deydi xonanda so`zlarini davom ettirar ekan.

Boshqa yangiliklar