Rossiyada faoliyat yuritadigan bir guruh xakerlar Methbot nomli murakkab firibgarlik tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim orqali bir kunda $5 milliongacha daromad olish imkonini beradi. Bunday ma`lumotlarni kiberkenglikda jinoyatchilarga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan Amerikaning White Ops kompaniyasi e`lon qildi.
White Ops tomonidan chop etilgan hisobotda yuqorida tilga olingan xakerlar 250 mingga yaqin yolg`on internet saytlar yaratgan. Bundan tashqari ular 570 mingta bot-dasturlarning operatorlari sanaladi.
White Ops mutaxassislarining ta`kidlashicha, xakerlar o`zlari tomonidan yaratilgan sayt va botlar orqali internetda reklama bilan shug`ullanadigan yirik kompaniyalarni aldashadi. Methbot yordamida firibgarlar reklama roliklarini ko`rishga millionlab odamlarni jalb qila olish kabi aldamchi tasavvur yaratadi, buning uchun esa ular buyurtmachilardan katta summa oladi.
White Ops ekspertlarining ta`kidlashlaricha, xakerlar tomonidan yaratilgan bot-dasturlar murakkabligi bilan ajralib turadi, ularni oddiy yo`l bilan aniqlash qiyin.
Mazkur aldamchi tizim joriy yilning sentyabr oyida faoliyatini boshladi va shu kungacha faoliyat yuritib, kuniga $3 mln dan $5 mln daromad olib keladi. Guruh doimiy ravishda faolligini oshirib bormoqda. Reklama roligini ming marta ko`rilishi uchun $13 tashkil qiladi.
White Ops baholashicha, joriy yilda firibgarlarning reklama sohasidagi faoliyati orqali etkazilgan zarar summasi $7 mlrd tashkil qildi.





