1. Bu daraxtni ayni dam turmushini yaxshilashga harakat qilayotgan insonlar tanlashadi. Ularning hayotdagi shiori «baxt qaerdadir bor, ammo u erda men yo`qman, demak men o`sha erni topishim kerak». Bunday insonlarning asosiy sifatlari ular mard, qiziquvchan, va yangilikka intiluvchanligidadir. Ular o`zgarishlarni intizorlik bilan kutishadi. Yangi bilim va taassurotlarni butun vujudi bilan qabul qilishadi. Odatda bu toifa insonlar hayotlarida biror o`zgarish sodir bo`lishi bilan boshqa daraxtni tanlashadi.
2. Sabrli, bir so`zli va ajablanarli darajada serhafsala insonlar bu daraxtni tanlaydilar. Ular maqsad qo`yishdimi, albatta unga qadamma-qadam, sekin-astalik bilan erishadilar, ularning yo`liga xech kim g`ov bo`la olmaydi. O`z sohalarida ular xaqiqiy proffessionaldir. Gapirayotganlarida ham, kulganlarida ham, xafa bo`lganlarida ham yuz ifodalari o`zgarmaydi. Ularning fikricha, rejaga asoslanib ish ko`rilsagina, omadga erishish mumkin. O`zgarishlarni unchalik ham xush ko`rishmaydi.
3. Bu ijodkor va original insonlar tanlagan daraxt. Ularda yangi g`oyalar g`ij-g`ij, ular doim nimanidir o`gartirishni , kashf qilishni istaydilar. Juda yoqimli insonlar. Kiyim tanlash bo`yicha ham o`ziga xos uslubi bor. Ularni quyushqondan chiqarish juda oson, kayfiyatlari birjadagi narx-navodan ham tez o`zgaradi. Bu yorqin insonlar istasangiz ham, istamasangiz ham o`z g`oyalari bilan bo`lishaverishadi.
4. Qishin-yozin bir xil kiyimda. Havo qanday bo`lishiga qaramay kunni doimo xush kayfiyatda kutib olishadi. Ular charchoq nimaligini bilmas, xaqiqatgo`ydirlar. O`zlari nima xoxlayotganini va bunga qanday erishishni juda yaxshi bilishadi. Ularning nazdida olamda ikki hil munosabat hukm suradi: noto`g`ri va shaxsiy fikrlar. Bunday insonlar juda kuchli shaxs va xavfli raqibdirlar. Ularda yoshliklaridanoq raqobatchilik shakllangan.
5. Ulardek rahmdil va saxiy insonlar bu dunyoda kam. Osonlik bilan o`zlarini qiynalayotgan kishi o`rniga qo`yib, ular bilan birga siqiladilar, yig`laydilar, kuyib-pishadilar. Bunday insonlar faqat atrofdagi odamlar baxtli bo`lsagina o`zlarini xotirjam sezishadi. Ular uchun xaqiqat emas, tinchlik muhim. 99% holatlarda birinchi qadamni o`zlari qo`yib, yarashib olishadi.





