AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya Elchisining shafqatsiz suiqasd oqibatida o`ldirilganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning shafqatsiz suiqasd natijasida halok bo`lganligi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

«Biz har qanday shakl va ko`rinishdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz, - deb qayd etilgan davlatimiz rahbari maktubida. – Mazkur fojia hozirgi zamonning shunday noinsoniy tahdidlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir bor ko`rsatdi. Ushbu qayg`uli kunlarda O`zbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi».

Davlatimiz rahbari Rossiya diplomatining oila a`zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi.

    Boshqa yangiliklar