O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkelga Berlin shahrida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida ko`plab insonlarning halok bo`lganligi munosabati bilan maktub yo`lladi.
Davlatimiz rahbari samimiy ta`ziya izhor etdi va halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi.





