Bugun futzal bo`yicha 2016-2017 yilgi O`zbekiston kubogiga qur`a tashlandi. Bu yilgi kubok bellashuvlarining guruh bahslarida sakkizta jamoa pley-off yo`llanmasi uchun kurash olib boradi.
O`FA matbuot xizmatining xabar berishicha, klublar to`rttadan ikki guruhga bo`linishdi. O`zbekiston kubogining amaldagi finalchilari "Ardus" va "Olmaliq" bellashuvlarga chorak finaldan qo`shiladi.
Guruhlar quyidagicha ko`rinish oldi.
"A" guruhi
"Bunyodkor"
O`zDTV
"Lokomotiv"
"Metallurg"
"B" guruhi
"Do`stlik-AIN"
O`zSQB
"Kogon"
"Maksam-Chirchiq"
O`zbekiston kubogining guruh o`yinlari 21-23 dekabr kunlari "O`zbekiston" sport majmuasida bo`lib o`tadi.





