O`zbekistonlik futbolchi Javlon Guseynov Tailandning “Chaynat Hornbil” jamoasi bilan shartnoma imzoladi va endilikda faoliyatini ushbu klubda davom ettiradigan bo`ldi.
Javlon Tailandga yo`l olishdan avval “Andijon” futbol klubida faoliyat olib borayotgan edi.
Ma`lumot uchun, Guseynovning yangi jamoasi 2016 yilgi mavsumda Tailand chempionatining 17-o`rinini egalladi va elit ligani tark etdi. Yangi mavsumni “Hornbil” 1-ligada o`tkazadi.
“Hornbil” Tailandning Chaynat provisiyasi sharafini himoya qiladigan klub bo`lib, 2009 yilda tashkil etilgan. Yaqinda jamoani germaniyalik murabbiy Byorn Klim qabul qilib oldi. Jamoa 2012 – 2016 yillar davomida Tailand premer-ligasida harakat qilib, yakunlangan mavsum uni tark etgan.





