Rossiyalik elchi Andrey Karlovning ismi Turkiyada abadiylashtiriladi, uning sharafiga Anqaradagi ko`cha nomlanadi, deya xabar berdi Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu.
“Menga Turkiya Bosh vaziri elchi Andrey Karlovning ismi abadiylashtirishi haqida xabar berdi. Xususan, RF elchixonasi joylashgan ko`cha nomi Andrey Karlov nomiga o`zgartiriladi”, - deydi Chavushoglu o`zining rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan bo`lgan suxbatda.
Avval xabar berilganidek, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga hujum 19 dekabr kuni Anqaradagi ko`rgazma ochilish chog`ida sodir etildi. 22 yoshli qotil Karlovni bir necha o`q bilan otib o`ldirgan hamda buni Rossiyaning Suriyaga nisbatan harakatlariga javob deya izohladi. Qotil Turkiya maxsus xizmati tomonidan o`ldirildi.





