AsosiySport

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi 2017 yilgi mavsumi uchun qur`a tashlandi

20 dekabr sanasida O`zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida O`zbekiston Professional Futbol Ligasining keyingi yilgi mavsumiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda O`zPFL rahbariyati hamda hodimlari, Oliy Liga klublari vakillari, shuningdek, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O`zPFL direktori Farhod Magometov so`zga chiqib, 2016 yilgi mavsum yakunlari, kelasi mavsum avvalidan amalga oshirish lozim bo`lgan ishlar, oldindagi vazifalar haqida nutq so`zladi. O`z nutqi yakunida jamoalar vakillari talab va takliflarini tinglab, jurnalistlar savollariga javob berdi.

2017 yilgi mavsumdan O`zPFL g`olibi va O`zbekiston Kubogi sohibiga beriladigan kuboklarning yangicha ko`rinishdagisi namoyish etildi.

Shundan so`ng, bevosita qur`a tashlash marosimiga o`tildi va Oliy Liga-2017 dastlabki uch turida o`zaro to`qnash keladigan juftliklar aniqlab olindi. Unga ko`ra, dastlabki turlarda quyidagi juftliklarda bahslar o`tkaziladi:

1-tur

“Mash`al” – “Lokomotiv”

“Metallurg” – “Dinamo”

“Sho`rtan” – “Neftchi

“Paxtakor” – “Qizilqum”

“Navbahor” – “Obod”

“Qo`qon” – “Nasaf

“Buxoro” – “Olmaliq”

“Bunyodkor” – “So`g`diyona”

2-tur

“Lokomotiv” – “So`g`diyona”

“Olmaliq” – “Bunyodkor”

“Nasaf” – “Buxoro”

“Obod” – “Qo`qon”

“Qizilqum” – “Navbahor”

“Neftchi” – “Paxtakor”

“Dinamo” – “Sho`rtan”

“Mash`al” – “Metallurg”

3-tur

“Meatllur” – “Lokomotiv”

“Sho`rtan” – “Mash`al”

“Paxtakor” – “Dinamo”

“Navbahor” – “Neftchi”

“Qo`qon” – “Qizilqum”

“Buxoro” – “Obod”

“Bunyodkor” – “Nasaf”

“So`g`diyona” – “Olmaliq”

Taqvimning to`liq ko`rinishi O`zPFL rasmiy saytida e`lon qilinadi. 

Boshqa yangiliklar