AsosiyJamiyat

Toshkentda sodir bo`lgan YTH oqibatida LEXUS avtomobili mayda bo`laklarga bo`linib ketdi(Foto)

Toshkent shahrida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. 

Taraqqiyot ko`chasida sodir bo`lgan avariyaning suratlari ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tarqaldi. 

Taxminlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi kecha, 19 dekabr kuni tunda sodir bo`lgan. Mazkur hodisaning yagona ishtirokchisi Lexus avtomobili bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, YTH tezlikni  oshirish oqibatida yuz bergan. Suratlarda Lexus avtomobilining bo`laklarga bo`linib, qoldiqlar ko`cha bo`ylab sochilib ketganini ko`rish mumkin. Tanib bo`lmas darajaga kelgan avtomobil esa yo`l o`rtasida ag`darilib yotgani aks etgan. 

Izohlarda Lexus avtomobilining ichida uch nafar yosh yigitlar bo`lgani va baxtli tasodif tufayligina ularning joni omon qolgani aytilmoqda.



Boshqa yangiliklar