Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov o`ldirilgani haqida avval xabar bergandik. Aniqlanishicha, rossiyalik elchini 1994 yilda tug`ilgan polisiya xodimi Mevlyut Mert Altintash o`ldirgan.
Ushbu ma`lumotni Turkiya IIV rahbari Suleyman Soylu berdi. "Interfaks"ning aniqlashtirishicha, RF elchisining Anqaradagi qotili polisiya maktabini tamomlagan.
TASS ma`lumotlariga ko`ra, Turkiya prokuraturasi qotilning va unga tegishli odamlarning uyida tintuv ishlarini boshlagan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ayni damda Turkiya polisyasi qotilning onasi va singlisini qo`lga olgan. Rossiya Rossiyaning Turkiyadagi elchisi o`ldirilishini terakt sifatida baholamoqda, bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma`lumot berdi.
Terakt zamonaviy san`at Galereyasida “Rossiya turklar nigohida” ko`rgazmasining ochilish marosimida bo`lib o`tdi.





