O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onga mamlakatning Kayseri viloyatida sodir etilgan va ko`plab insonlarning halok bo`lishiga sabab bo`lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya rahbariyati va butun xalqiga chuqur ta`ziya bildirilgan maktub yo`lladi.
Mamlakatimiz rahbari nobud bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini izhor qildi.





