Suriyaning Aleppo shahrida yaralanib, halok bo`layotgan bolalarga o`xshatish uchun misrlik bolalarni grim qilib, suratga olayotgan fotosuratchi Misrda qo`lga olindi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.
Fotosuratchi bunday suratlarni olgandan keyin ularni “voqea joyidan olindi”, deb ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Misr IIVning ma`lumot berishicha, fotosuratchi bilan birga uning s`yomkachilar guruhi va suratga tushayotgan bolalarning ota-onalari ham qo`lga olingan. Polisiyachilar ularni yarim vayrona binoda fotosessiya qilayotganda ushladi. Oppoq ko`ylagi “qonga belangan”, qo`liga oppoq o`yinchoq ayiq tutib olgan qiz polisiyachilar diqqatini tortgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari surushtiruv davomida fotosuratchi olgan suratlarini “Suriya voqealari” deb ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni rejalashtirganini aniqladi. Fotosuratchi tergov uchun polisiyada olib qolindi, qolgan fotossessiya ishtirokchilari esa garov evaziga ozod etildi.





