AsosiyDunyo

Xitoyda axlat tashuvchi erkak mumkin bo`lmagan joyga to`xtagan avtomashina egasini noodatiy tarzda jazoladi (Video)

Xitoyning Anxoy viloyatida axlat to`kiladigan maydonga qo`yilgan avtomashinani ko`rib, axlat tashuvchi erkakning jahli chiqdi va uning atrofini 40 ta axlat quti bilan o`rab qo`yib, ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi, deb xabar berdi “News.am” nashri. 

40 soniyali videorolikda axlat tashuvchi erkakning qonunga xilof ravishda qoldirib ketilgan avtomashinaning atrofini axlat qutilar bilan o`rab tashlagani aks etgan.

Nashrning yozishicha, axlat tashlash maydonchasiga kirish yo`lini to`sib qo`ygan avtomashina ishchining jahlini chiqargan. U o`zining bu harakati bilan qonunbuzar haydovchini jazolamoqchi bo`lgan. Mashina uning ishlashiga xalaqit qilgan. 

So`nggi paytlarda Xitoyda avtoturargohlar etishmayotganligi tufayli avtomashinalar duch kelgan joyda qoldirib ketilayotganligi jiddiy muammoga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari axlat tashuvchi erkakning xatti-harakatini qo`llab quvvatlagan.

    Boshqa yangiliklar