AsosiySUG'DIYONA

«Dekabr» salati - albatta, tayyorlab ko`ring!

Zarur masalliqlar: 250 gr. tovuq go`shti, 3 ta pomidor, 2 bo`lak qovurilgan non, mayonez, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Barcha masalliqlarni bir xil kattalikda somoncha shaklida to`g`rang.

2. Tovuq go`shtiga tuz va murch sepib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

3. Mayonezga limon sharbati qo`shib, tuz, murch va ezilgan sarimsoqpiyoz soling.

4. Likopchaga tovuq go`shtining yarmini soling. Keyin pomidorning yarmini. Mayonezli aralashmani solib, yana tovuq go`shti, pomidor va yuziga qovurilgan non bo`laklarini joylang. 

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.

2 kishilik.

Boshqa yangiliklar