Yakshanba, 18 dekabr kuni Checheniston respublikasi huquq-tartibot idoralarining maxsus bo`limi mamlakat rahbari Ramzan Qodirov boshchiligida polisiyachilarga hujum uyushtirgan jangarilarni qo`lga olish tadbirini o`tkazdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Maxsus tadbir davomida yo`q qilingan jangarilar rahbarining shaxsi aniqlandi. U Sayid-Ibragim Ismailov ismli fuqaro ekanligi aniqlandi. Agentlikning ma`lum qilishicha, Sayid-Ibragim Ismailov Suriyada bo`lgan Al-Bari degan terrorchiga bo`ysungan. Al-Bari internet orqali unga ko`rsatma berib turgan.






