AsosiySport

La Liga. "Barselona" o`z maydonida "Espanol"ni taslim qildi

Ispaniya chempionati 16-turida "Barselona" o`z maydonida "Espanol" futbolchilarini qabul qildi. Kataloniya derbisi maqomida o`tgan o`yinda "Barselona" 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Luis Enrike jamoasidan Luis Suares dubl qayd etgan bo`lsa, Alba va Messi bittadan gol kiritishdi. "Espanol" tarkibida Lopes Silva bitta javob to`pini kiritdi. 

Barselona – Espanol 4:1

Gollar: Suares, 18, 67, Alba, 68, Messi, 90 – Lopes Silva, 79

Barselona: ter Stegen – Serdji Roberto, Maskerano, Pike, Alba – Buskets (Umtiti, 74), D. Suares (Rafinya, 66), Inesta – Neymar, Messi, L.Suares.

Espanol: Lopes (Roberto, 53) – X.Lopes, Lopes Silva, Reyes, Karikol – Pyatti (Reyes, 79), Diop, Xavi Fuego, Xurado – Kaysedo (Melendo, 71), Moreno.

Ogohlantirishlar: Pyatti, Karikol, Kaysedo.

Boshqa yangiliklar