AsosiyJamiyat

Toshkentda kuchli shamol kutilmog‘da

FVB fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya etishni eslatdi.

'Toshkentda kuchli shamol kutilmog‘da'ning rasmi

Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol esishi kutilayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Xususan:

— uylarda eshik va derazalarni, chordoq hamda shamollatish tizimlarini mahkam yopish;

— ko‘chada daraxt va elektrik ustunlari tagida turmaslik;

— balkon va deraza to‘kchalaridagi buyumlarni xavfsiz joyga olib qo‘yish; — shamol kuchayganda mustahkam binolar yoki yer osti yo‘laklarida panoh topish;

— zarar ko‘rgan binolarga yaqinlashmaslik, reklama taxtalari va daraxtlar orqiga yashirinmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, avtomobillarni daraxtlar yoki engil konstruksiyali inshootlar ostida qoldirmaslik kerakligi uqtirildi.

    Boshqa yangiliklar