Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Bildirilishicha, dollar 13,94 so‘mga pastlab, 11 990,53 so‘m bo‘lgan. Yevro kursi ham 34,23 so‘mga tushib, 13 959,38 so‘mni tashkil qilgan.
Rubl esa 0,49 so‘mga ko‘tarilib, 150,71 so‘m bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi marta 2023 yil avgustida 12 ming so‘mdan past bo‘lgandi.






