“Istanbul Başakşehir” safida harakat qilayotgan Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 10-turida “Antalyaspor”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Unging jamoasi mehmonda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shomurodov joriy mavsumda 10 o‘yinda 6 ta gol urgani bilan to‘purarlar poygasida argentinalik Mauro Icardi bilan tenglashdi.
Hozircha yetakchilikni “Trabzonspor” forvardi Onuachu saqlab turibdi.






