Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.
Bildirilishicha, ushbu bellashuvni ikki jamoadagi muhim futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Urugvay safida Valverde va Arauxo, O‘zbekiston MTJda esa Fayzullayev, Yusupov, Husanov, Hamrobekov va Masharipov kabi asosiy tarkib futbolchilari bugungi o‘yinda jamoalariga yordam bera olmaydi.
Uchrashuv Malayziyaning Malakka shahrida joylashgan “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.