"Oʻzgidromet" 3 sentabr kuni uchun ob-havo prognozini maʼlum qildi. Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.