Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi bolalar bo‘limiga Toshkent shahridagi xonadonlarning birida hovuzda cho‘kib ketgan 7 nafar bola og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda "Millar" dasturida ma’lum qilindi.
Ulardan ikki nafari shifoxonaga yetib kelguncha vafot etgan. 5 nafari esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, beshala bemor ham koma holatida olib kelingan. Sun’iy nafasda yotishgan. Hozirda ularning 3 nafari o‘ziga kelib, oddiy bo‘limga o‘tkazilgan. Qolgan ikki nafari esa hali ham o‘ta og‘ir ahvolda, koma holatida yotishibdi.
Jumladan, ulardan birining yuragi olib kelinganda, 40 daqiqalar chamasi, olib borilgan uqalash muolajalaridan so‘ng ura boshlagan. Mutaxassis uzoq vaqt gipoksiyadan keyin bemorlarning o‘z holatini tiklashi qiyin kechishini aytdi.