AsosiySiyosat

TIV rahbari Abdul G‘affor Teraviy bilan nimani gaplashdi?

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Afg‘onistonning mamlakatdagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

'TIV rahbari Abdul G‘affor Teraviy bilan nimani gaplashdi?'ning rasmi

Bugun, 11 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Afg‘onistonning mamlakatimizdagi Elchisi Abdul G‘affor Teraviy janoblari bilan uchrashdi.

 

“Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik. Biz Afg‘onistonda barqaror rivojlanishni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Bundan tashqari, Afg‘onistonni mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga integratsiya qilish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlashgan.      

 

Shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va faol sheriklikni ilgari surish keng mintaqamizda barqarorlik va farovonlikka xizmat qilishi bo‘yicha qo‘shimcha qilindi.

    Boshqa yangiliklar