O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.