AsosiyJamiyat

Avtotransportni nogironlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan ma’muriy reglament tasdiqlandi.

'Avtotransportni nogironlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (377-son, 18.06.2025 y.) bilan “Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. 

Bunda xarajatlar 2024 yil 1 oktyabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.

 Shuningdek, 2024 yil 1 noyabrdan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida bo‘lgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.

Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb e’tirof etiladi:

  • tadbirkorlarning avtobuslari uchun:

▪️ yig‘ma pandus (1 dona);
▪️ audio va vizual axborot beruvchi monitor (1 dona);
▪️ axborot beruvchi kolonka (ko‘pi bilan 3 ta);
▪️ ma’lumotlarni uzatuvchi mikrofon (1 dona);
▪️ aloqa tugmasi;
▪️ bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi ma’lumotlar taxtasi bilan jihozlash (1 dona);

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:

▪️ gaz va tormoz pedalini qo‘l boshqaruviga o‘tkazish;
▪️ mexanik uzatish qutisini avtomat uzatish qutisi qilib qayta jihozlash xarajatlari.

Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan e’tiboran 90 kun ichida "Inson" markazlariga yoki "Yagona" milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi yoxud YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 21:34

    'Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 18:33

    Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi

    Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

    'Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 17:53

    Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025 yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

    'Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 10:51

    Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.06.2025 22:20

    Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi

    Xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi.

    'Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar'ning rasmi

    Jamiyat 18.06.2025 21:39

    Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

    Mutaxassislar barcha yoshlik paytda o‘zining kelgusidagi pensiyasi haqida qayg‘urishi, bu davrga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini qayd etishmoqda.