AsosiyJamiyat

Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi

Xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi.

'Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi'ning rasmi

 Hozirda jami 188 o‘rinli 2 ta mehmonxona, kapsula shaklidagi uylar, restoran va xo‘jalik binolari barpo etilgan. Keyingi bosqichda yana 20 ta shunday uy qurilishi mo‘ljallangan. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Umuman, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3 ming 300 ta ish o‘rni yaratiladi va 1 million nafar sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.

Parkentning qorli tog‘lari yana bir ulkan loyihani amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu yerda Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga ushbu loyiha haqida axborot berildi. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, chang‘i uchish va osma dor yo‘li, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sog‘lomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va to‘liq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi. Mavsumiy xizmatlar bilan birga 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Umuman, bu maskan, Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” kurorti kabi, Toshkent viloyatining yirik turizm manzillaridan biriga aylanadi.

Mutaxassislar bilan muloqotda loyihani takomillashtirish, xizmatlar qamrovini kengaytirish va qurilishni tezlashtirish tadbirlari yuzasidan fiikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar