AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri "O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

Shuningdek, yetakchilar turli tarixiy yodgorliklar, grafik tasvirlar, qo‘lyozma va miniatyuralar, nodir adabiy nashrlar, haykallar, arxiv suratlari va hujjatlari bilan tanishdilar.

'Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri "O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" ko‘rgazmasini borib ko‘rdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan "O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" ko‘rgazmasini tomosha qildilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o‘rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan. U "Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari", "Birinchi Uyg‘onish davri", "Marko Polo", "Amir Temur", "Mirzo Ulug‘bek" va "Zahiriddin Muhammad Bobur", "XIX asrda O‘zbekistondagi italiyaliklar", "Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning Italiyani ozod qilishga qo‘shgan hissasi", "O‘zbekiston va Italiya: madaniy merosni asrash" kabi 9 ta mavzuli bo‘limdan tashkil topgan.

Mehmonlarga Afrosiyobning "Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilish marosimi" nomli devoriy suratning mashhur italiyalik usta Mauro Pellitsonni tomonidan Florensiya mozaikasi uslubida ishlangan noyob nusxasi namoyish etildi.

Shuningdek, yetakchilar turli tarixiy yodgorliklar, grafik tasvirlar, qo‘lyozma va miniatyuralar, nodir adabiy nashrlar, haykallar, arxiv suratlari va hujjatlari bilan tanishdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezidentning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 30.05.2025 22:22

    Prezidentning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

    Davlat rahbari mintaqa mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

    'Markaziy Osiyo – Italiya: Yangi strategik hamkorlik sari qadam'ning rasmi

    Siyosat 30.05.2025 20:18

    Markaziy Osiyo – Italiya: Yangi strategik hamkorlik sari qadam

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida nutq so‘zladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 30.05.2025 20:08

    Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida ishtirok etdi

    Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    'Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Siyosat 30.05.2025 09:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi bilan nimani muhokama qildi?

    Ikki davlat vakili O‘zbekiston-Rossiya madaniy-gumanitar muloqotni rivojlantirish va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilingan.

    'Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi'ning rasmi

    Siyosat 30.05.2025 09:07

    Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi

    Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

    'Italiya Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 29.05.2025 21:47

    Italiya Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

    Martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.