AsosiyJamiyat

Buxorodagi propan shoxobchasida yong‘in yuzaga keldi

Yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolar tan jarohati olgan.

'Buxorodagi propan shoxobchasida yong‘in yuzaga keldi'ning rasmi

Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz bergan. Viloyat FVBga ko‘ra, voqea 23 may soat 21:15 larda Jayxunobod MFYda joylashgan “Siroj serviz” MCHJga qarashli shoxobchada ro‘y bergan.

“Kamaz” avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in ekipaji soat 21:19 da yetib borgan, soat 21:40 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ular shifokorlar nazoratida, ahvollari yaxshi.

“Yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan”, deyiladi boshqarma axborotida.

Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Yong‘in yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonning buzilishidan kelib chiqqan, deb taxmin qilinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    'Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 22:19

    Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi

    Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.

    'Soliq qo‘mitasining ikki nafar xodimi hibsga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 17:03

    Soliq qo‘mitasining ikki nafar xodimi hibsga olindi

    Ular QQSning manfiy summasini budjetdan noqonuniy qaytarib, katta miqdordagi pulni talon-toroj qilgan.

    'Toshkent viloyatida elektron tamakini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 15:53

    Toshkent viloyatida elektron tamakini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi

    Fuqaro 530 dona elektron tamakini 5 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    'Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 14:36

    Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi

    Toshkent shahar FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

    'O‘zbekiston suveren kredit reytingida "barqaror"dan "ijobiy" darajaga yaxshilandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 13:30

    O‘zbekiston suveren kredit reytingida "barqaror"dan "ijobiy" darajaga yaxshilandi

    Bunday baho tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi — Saida Mirziyoyeva.